"Yashil va qulay uy-joy" xalqaro forumi

Manzil: Hyatt Regency Tashkent
Yil: 2025

O‘zbekistonda uy-joy bozorini rivojlantirishga bag‘ishlangan “Yashil va qulay uy-joy” xalqaro forumi doirasida yetakchi soha mutaxassislari, xalqaro ekspertlar va investorlar ishtirokida muhim muloqot maydoni tashkil etildi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilar uchun qulay muhit va sifatli servis ta’minlandi.

Mazkur forumda Avantage Events tashrif buyuruvchilarga professional keytering xizmatlarini taqdim etdi. Tadbir davomida tashkil etilgan qisqa tanaffuslarda coffee-break zonalari yuqori darajada tashkil qilinib, mehmonlarga sifatli servis ko‘rsatildi. Kun yakunida esa ishtirokchilar uchun Hilton mehmonxonasida tashkil etilgan rasmiy kechki ovqat marosimi forumning nufuziga mos tarzda, yuqori darajadagi xizmat sifati bilan o‘tkazildi.

Avantage Events tomonidan ko‘rsatilgan keytering yechimlari tadbir konsepsiyasi, logistika va servis madaniyatiga to‘liq mos holda ishlab chiqilib, ishtirokchilarga qulaylik, tashkiliy jarayonga esa uyg‘unlik va professional daraja olib kiradi. Ushbu loyiha kompaniyaning xalqaro tadbirlar doirasida kompleks servis xizmatlarini sifatli va tizimli tarzda taqdim etish salohiyatini yaqqol aks ettiradi.

 

 

RASMLAR