Toshkent shahridagi nufuzli INHA universitetida IT-direktorlar va texnik yetakchilardan iborat professional hamjamiyat — CIO Club Uzbekistanning yil yakunlariga bag‘ishlangan nufuzli yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu tadbir soha vakillari uchun tajriba almashish va yil davomida erishilgan natijalarni sarhisob qilish maydoniga aylandi.
Mazkur yuqori darajadagi tadbirning barcha tashkiliy jarayonlari Avantage Events jamoasi tomonidan professional darajada amalga oshirildi. Kompaniya tadbirning konsepsiyasidan tortib, texnik ta’minotigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z zimmasiga oldi.
Bundan tashqari, Avantage Events mehmonlar uchun maxsus keytering xizmatini ham tashkil etdi. Professional xizmat ko‘rsatish va saralangan taomlar menyusi tadbirning ishchan muhitini yanada to‘ldirib, ishtirokchilarning o‘zaro erkin va samimiy muloqot qilishlari uchun zamin bo'ldi.