Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Iqtisodiy kengashining 105-yig‘ilishi

Manzil: InterContinental Tashkent
Yil: 2025

MDH Iqtisodiy kengashining 105-yig‘ilishi: Avantage Events'dan yuqori saviyali keytering xizmati!

2025-yil 29-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Iqtisodiy kengashining 105-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston nufuzli xalqaro delegatsiyalarni qabul qildi. MDH Iqtisodiy kengashi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov nutq so’zlab tadbirni ochib berdi.

Yig‘ilishda delegatsiyalar rahbarlari sifatida Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoryan, Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Shuleyko, Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari Doniyor Amangeldiyev, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksey Overchuk, Qozog‘iston Respublikasining vakolatli vakili Beketjan Jumaxonov, Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Shadurdi Meredov hamda MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev qatnashdi.

Rasmiy mehmonlarga xizmat ko‘rsatish mas’uliyati Avantage Events jamoasiga topshirildi.

Tadbir doirasida biz nafaqat yuqori darajadagi keytering xizmatini, balki milliylikka boy atmosferani ham shakllantirishga alohida e’tibor qaratdik. An’anaviy bezaklar, naqshinkor matolar, milliy keramikalar va rang-barang dasturxonlar orqali tashrif buyuruvchilarga O‘zbek mehmondo‘stligi va madaniyatining nozik jihatlarini his qilish imkonini taqdim etdik.

Avantage Events – xalqaro darajadagi tadbirlar uchun ishonchli va kreativ hamkor!

RASMLAR