2025-yil 15-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning sakkizinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston–Turkiya biznes-forumi hamda sanoat ko‘rgazmasi tashkil etilib, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz boshchiligidagi rasmiy delegatsiyalar ishtirok etdi. Yuqori darajadagi xalqaro mehmonlar va ishtirokchilar soni, muhokama qilinayotgan mavzularning dolzarbligi ushbu tadbirning professional texnik ta’minotini talab etdi.
Aynan shunday muhim va mas’uliyatli vazifani yuqori saviyada bajargan kampaniya – Digital Sound bo‘ldi. Kompaniya tadbir davomida sinxron tarjima tizimi, ovoz bilan bog'liq barcha masalalar va texnik muvofiqlashtirish kabi xizmatlarni taqdim etdi. Digital Sound tomonidan taqdim etilgan sinxron tarjima tizimi tadbir qatnashchilari uchun uzluksiz, aniqligi yuqori bo‘lgan tarjimani ta’minladi. Buning natijasida yig‘ilish ishtirokchilari o‘zaro to‘liq va samarali muloqot olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Digital Sound xalqaro darajadagi tadbirlarni yuqori sifat bilan ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish hamda mijozlarga ishonchli texnik yechimlarni taklif qilish borasidagi yondashuvi bilan e’tiborga sazovor bo‘lmoqda.



















