2024-yil 29–31-oktyabr kunlari Toshkent shahri yirik xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qildi. “Jahon kriminologiyasining ilg‘or tajribalari” mavzusidagi I Xalqaro forum kriminologiya sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, eng so‘nggi ilmiy yondashuvlarni almashish va sohaga oid muhim masalalarni muhokama qilish uchun yirik maydonga aylandi.
Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Kriminologiya tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilib, Vengriya, Koreya, Rossiya, Hindiston, Belarus, Qozog‘iston, Germaniya, Chernogoriya, Yaponiya kabi davlatlardan yetakchi ekspertlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun bir qator texnik jarayonlar professional darajada amalga oshirildi. Bu borada Digital Sound kampaniyasi tomonidan taqdim etilgan sinxron tarjima tizimlari va texnik xizmatlar forum ishtirokchilarining samarali muloqoti va real vaqt rejimida tarjima imkoniyatlari bilan alohida ajralib turdi.
Digital Sound – xalqaro tadbirlar uchun sifatli yechimlar taklif etadi. Tadbir davomida Digital Sound jamoasi tomonidan:
Natijada, forum ishtirokchilari kriminologiya sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan hech qanday to‘siqlarsiz o‘rtoqlasha oldi, har bir ma’ruza va muhokama real vaqtda aniq va to‘g‘ri tarjima qilindi.
Kriminologiya sohasida yangi bosqichni boshlab bergan bu forumda Digital Sound kampaniyasining texnik yordami — muloqot, hamkorlik va xalqaro fikr almashinuvining kalit omiliga aylandi.


