Heimtextil Uzbekistan 2024

Manzil: Central Asian Expocenter
Yil: 2024

Heimtextil Uzbekistan 2024 — RegTech tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyiha

RegTech jamoasi Heimtextil Uzbekistan 2024 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatini to‘liq taqdim etdi.

Loyihaning asosiy xizmatlari va yechimlari:

  • Onlayn ro‘yxatdan o‘tish platformasi — ko‘p tillik va mobil moslangan interfeys orqali ishtirokchilar havola yordamida oson ro‘yxatdan o‘tishdi, avtomatik elektron  tasdiq va QR-kodli badge funksiyasi taqdim etildi.
  • Eksponent kabinetlari — ishtirok etayotgan kampaniyalar uchun shaxsiy kabinet ochildi: mahsulot/servis ma’lumotlari va B2B uchrashuvlarini boshqarish imkoniyati.
  • Joydagi (oflayn) registratsiya punktlari — tezkor skanerlash, badge bosib chiqarish va texnik yordam bilan jihozlangan resepshn zonalari ishga tushirildi.
  • B2B uchrashuvlar (meeting scheduler) — qatnashchilar o‘zaro uchrashuvlarni rejalashtirish, tasdiqlash va boshqarish uchun tizimdan foydalandilar, uchrashuvlar uchun xabarlar va eslatmalar avtomatik yuborildi.
  • Real vaqtli monitoring va analitika — tashkilotchilar uchun dashboard, ishtirokchilar oqimi, avtohisobotlar va tadbir yakuni bo‘yicha statistik ma’lumotlar taqdim etildi.
  • Texnik qo‘llab-quvvatlash — tadbir davomida platforma va oflayn punktlarni nazorat qiluvchi malakali texnik jamoa doimiy xodimlar bilan ishladi.

Bizning platformamiz API orqali boshqa tizimlarga integratsiya qilinishi, QR/Barcode skanerlash, badge va e-ticket generatsiyasi, shuningdek maxfiylik va ma’lumotlar xavfsizligi talablariga mos keladigan shifrlash bilan ta’minlangan. Loyihaning texnik infrastrukturasi yuqori yuklamalarni ko‘tara oladigan tarzda loyihalangan bo‘lib, oflayn-onlayn sinxronizatsiya va zaxira mexanizmlari joriy etildi.

Heimtextil Uzbekistan 2024 — RegTech portfoliosidagi muhim loyiha bo‘lib, u jamoaning xalqaro miqyosdagi ko‘rgazmalarni texnologik ta’minlash bo‘yicha tajribasi, moslashuvchan yechimlari va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish salohiyatini yaqqol namoyon etadi.

RASMLAR